CEFR va IELTS

Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til Ko’nikmasi Qolipi


IELTS - International English Language Test System - Xalqaro Ingliz tili Test tizimi


Darslar juda tajribali malakaga ega bo'lgan ustozlar tomonidan sifatli va tushunarli tarzda olib boriladi.Ayni paytga kelib barcha abituriyentlarimizning deyarli 100% CEFR va IELTS imtihonlaridan a'lo natijalarga erishib kelmoqdalar.O'qish sizga qolar, o'rgatish bizga!!!

A1 - boshlang'ich. Muayyan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan nutqda tanish iboralar va iboralarni tushunaman va foydalanishi mumkin. Men o'zimni tanishtiraman boshqalarni tanishtiraman, yashash joyiga, tanishlarimga, mol-mulkimga oid savollarni beraman. Agar suhbatdoshimiz sekin va aniq gapirsa va yordam berishga tayyor bo'lsa, oddiy suhbatga qo'shilishim mumkin.

A2 - Boshlang'ich. Men hayotning asosiy yo'nalishlari (masalan, o'zim va oilam a'zolarim haqida asosiy ma'lumotlar, xaridlar va h.k.) bilan bog'liq individual jumlalarni va umumiy iboralarni tushunaman. Men tanish yoki kundalik masalalar bo'yicha ma'lumot almashish bilan bog'liq vazifalarni bajaraman. Oddiy ma'noda men o'zim, qarindoshlarim va do'stlarim haqida gapirib beraman, kundalik hayotning asosiy jihatlarini tasvirlayman.

B1 - O'rta darajada. Odatda ishda, o'qishda, bo'sh vaqtida va hokazolarda sodir bo'lgan turli mavzularda adabiy tilda olib borilgan aniq xabarlarning asosiy g'oyalarini tushunaman. Men o'rganilayotgan til mamlakati davomida paydo bo'lgan ko'p hollarda muloqot qilishim mumkin. Men ma'lum yoki ayniqsa qiziqarli mavzular bo'yicha izchil xabarni berishi mumkin. Men taassurotlarimni, voqealarni, umidlarimni, intilishlarini, holatini tasvirlay olaman va mening fikrim va kelajak uchun rejalarimni oqlay olaman

B2 - Upper-Intermediate. Murakkab matnlarning umumiy mazmunini mavhum va aniq mavzularda, shu jumladan yuqori darajada maxsus matnlarni tushunaman. Men tezkor va o'z-o'zim gaplashaman, shuning uchun har qanday partiyalar uchun hech qanday qiyinchiliksiz oniy tilda gaplashadigan kishilar bilan doimiy suhbatlashishim mumkin. Turli mavzular bo'yicha aniq va batafsil hisobotlarni taqdim etishi va asosiy muammo bo'yicha o'z nuqtai nazarimni taqdim etishi, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsatishim mumkin.

C1 - Kengaytirilgan. Men turli mavzulardagi keng qamrovli matnlarni tushunaman, yashirin ma'noni taniyman. So'zlar va iboralarni tanlashda hech qanday qiyinchiliksiz o'z-o'zidan tezkor gapiryapman. Ilmiy va professional faoliyatda muloqot uchun tilni moslashuvchan va samarali ishlatish. Men murakkab mavzular bo'yicha aniq, batafsil va yaxshi tayyorlangan xabarni yaratishingiz mumkin, matnni tashkil qilish modellari, aloqa vositalari va uning tarkibiy qismlarini birlashtirib turish mumkin.

C2 - Yuqori darajali. Men deyarli har qanday og'zaki yoki yozma xabarni tushunaman, bir nechta og'zaki va yozma manbalarga asoslanib, izchil matnni bera olaman. O'z-o'zimdan yuqori darajali va yuqori darajali aniqlik bilan gapiraman, eng qiyin holatlarda hatto ma'naviyatning ahamiyatini ta'kidlayman.

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til  Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi. Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bog’liq. XX asrning o’rtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish o’rinlari yaratilib, ko’proq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. O’sha vaqtda Yevropada Ispan, Nemis, Fransuz va Italiyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi. Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar mahsus imtihonlar topshirishlari kerak bo’lgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng ko’p hollarda ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan. CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989-1996 yillarda amal qilgan «Language Learning for European Citizenship» («Yevropa Fuqaroligi uchun Til O’rganish») dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001-yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.

CEFR tizimi tillarni bilish darajasini uchta: A, B va C guruhlarga ajratgan holda baholaydi. CEFR darajalari sifatida berilgan baho quyidagilarni anglatadi: A1 va A2 darajalar – tilni endi o’rganayotgan, boshlang’ich bosqichdagi foydalanuvchi, B1 va B2 darajalar – tildan erkin foydalana oladigan, o’rtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi; C1 va C2 darajalar – tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilar Bugungi kundagi IELTS va hatto O’zbekistonda endigina tashkil etilib, rivojlanayotgan NSFLAtizimlari ham Ingliz tilini Yevropa standarti, CEFR bo’yicha bilish darajasini baholash va aniqlashga asoslangan. Demak, bu turdagi ingliz tilini bilish va egallash darajasini aniqlash, baholash, o’rgatish va o’rganish tizimlari asosan Yevropada tildan foydalanish hamda Yevropa sharoitida muammosiz muloqotga kirisha olish darajasiga asoslangan. CEFR asosidagi tilni bilish darajasini aniqlash imtihonlari asosan foydalanuvchilarni to’rt yo’nalish: gapirish, o’qish, tinglab tushunish va yozish ko’nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga qarab baholaydi. Tizimda bu turdagi imtihonlarning har bir yo’nalishi uchun mahsus yo’riqnomalar, qoidalar va talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ushbu turdagi imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish uchun ham alohida yo’nalish va ko’rsatmalar nazarda tutilgan. Xulosa qilib aytganda, CEFR – Yevropadagi barcha gaplashiladigan, amalda bo’lgan tillarni bilish darajasini aniqlash, o’rganish va o’rgatish usullarini targ’ib qiluvchi til ko’nikmasi qolipi. CEFRda tilni bilish darajalari: Ingliz tilini CEFR mezoniga ko’ra bilish darajalari quyidagicha tavsiflanadi: A darajasi – elementar darajada o‘zlashtirish: A1 daraja – nomzod aniq vazifalarni bajarish uchun lozim bo‘lgan tanish iboralarni tushunadi va o‘z nutqida ishlata oladi; o‘zini tanishtira oladi, boshqalarni tanishtira oladi, yashash manzili, tanishlari, mulki haqida savollarni bera oladi va shunday savollarga javob bera oladi, agarda suhbatdoshi sekinroq gapirsa va yordam berishga tayyor bo‘lsa qiyin bo‘lmagan suhbatda ishtirok eta oladi. A2 daraja – nomzod hayotning asosiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim gaplarni va ko‘p uchraydigan iboralarni tushunadi (masalan, o‘zi va oila a’zolari haqidagi asosiy ma’lumotlar, xaridlar, ishga joylashish va h.k.); tanish va kundalik mavzularda ma’lumot almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajara oladi; o‘zi, yaqinlari va qarindoshlari, kundalik hayot jarayonlari haqida sodda iboralar bilan gapirib bera oladi. B darajasi – mustaqil o‘zlashtirish: B1 darajasi – nomzod ishda, o‘qishda va boshqa holatlarda kelib chiqadigan mavzular bo‘yicha adabiy tilda berilgan ma’lumotlarning asosiy fikrlarini tushunadi; o‘rganayotgan til mamlakatida bo‘lganida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning aksariyatida muloqot qila oladi; tanish bo‘lgan yoki o‘zini qiziqtirgan mavzularda matn tuzaoladi; taasurotlarini, voqealarni, umidlarini, intilishlarini ta’riflab bera oladi, o‘z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila oladi. B2 darajasi – nomzod abstrakt yoki aniq mavzularda yozilgan matnlarning umumiy mazmunini tushunadi, shu jumladan, mutaxassislikka oid mavzularda matnlarni; chet tili ona tilisi bo‘lgan shaxs bilan muloqotlarda ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplasha oladi; turli mavzularga aniq, atroflicha ma’ruza qilaoladi, asosiy muammoga bo‘lgan o‘z fikrini bayon eta oladi, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata oladi. C darajasi – to‘liq o‘zlashtirish: C1 darajasi – nomzod turlicha mavzularga bo‘lgan katta hajmdagi matnlarni tushunadi, yashirin ma’nosini aniqlay oladi; tez gapira oladi; so‘zlar va iboralarni tanlashda qiyinalmaydi; o‘zining ilmiy va mutaxassislik faoliyatida xorijiy tildan muloqot uchun samarali foydalanadi; murakkab mavzularga aniq, yaxshi tuzilgan ma’lumotni yetkazib bera oladi, matnni tuzish modellaridan, bog‘lanish va birlashtirish elementlaridan foydalanish qobiliyatlarini namoyon qila oladi. C2 darajasi – nomzod tilni mukammal darajada biladi deyarli barcha og‘zaki yoki yozma ma’lumotlarni tushunadi; bir nechta og‘zaki va yozma manbalarga asoslangan holda matn tuza oladi, yuqori tempda va aniqlikda gapira oladi, hattoki eng murakkab vaziyatlarda ham ma’no tuslarini ko‘rsata oladi. O’zbekistondagi chet tillarni bilish darajasini aniqlash milliy tizimi ham huddi shu me’zonga asoslangan holda chet tillarni bilish darajasini baholaydi.



IELTS/CEFR:

A1/A2

B1/B2

C1/C2

Bizning Manzil

1-manzil:
Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov(sobiq Bodomzor yo'li) ko'chasi 1A-uy
Mo'ljal:Gidrometrologiya(Gidrometsentr) chorrahasi "Minor" metro bekati Avtobus(2,38,88,89) Mikroavtobus(95) Marshut(74,91)
2-manzil:
Sergeli-3, Obihayot ko'chasi 3-uy
Mo'ljal: Sergeli Yarmarka bekati, Moliya bo'limi, Xalq qabulxonasi Avtobus(40,47,48,58,86,131);Mikroavtobus(59,62,75,105,112,126,130,132) Marshut(25,25A,26)
Mobile : +99894 609 98 68
Telephone
: +99890 989 84 47
FAX
: +99890 989 84 47
E-mail
: RepetitorServis@mail.ru
 ©  2017 Repetitor-servis. Barcha huquqlar himoyalangan.
Back to top