Biz haqimizda

Eng samarali REPETITOR-TEST o'quv markazi

Biz haqimizda

«REPETITOR-SERVIS» O’QUV MARKAZIning asosiy faoliyati tinglovchi-o’quvchilarni oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga mukammal tayyorlash va bilim-ko’nikmalarini oshirib borish bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Vahkamasining 10.09.2016 yildagi NAS UZ 001 MO 0744-05 va NAS UZ 001 TT. 0143-05-sonli litsenziyalari asosida faoliyat yuritmoqda. Muassasamiz hozirgacha bir qator yutuqlarni qo’lga kiritib kelmoqda va bitiruvchi-tinglovchilarimiz hozirda nufuzli oliy o’quv yurtlarida tahsil olishmoqda. Bu haqida batafsil bizning “bitiruvchilar” bo’limida tanishishingiz mumkin.

 

«REPETITOR-SERVIS» O’QUV MARKAZImizda tinglovchilar to’rt yo’nalish bo’yicha, ya’ni moliya-iqtisod yo’nalishi (matematika, chet tili, ona tili va adabiyot), ijtimoiy-gumanitar yo’nalish (tarix, ona tili va adabiyot, chet tili), tibbiyot yo’nalishi (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot), texnika yo’nalishlari (matematika, fizika, chet tili yoki ona tili va adabiyot) bo’yicha tayyorlanadi.

 

Shuningdek, Siz tushunmay qolgan yoki tushungan mavzuingizni yanada mustahkamlab olmoqchi bo’lsangiz, mutlaqo BEPUL qo’shimcha darslar ham tashkil qilingan

 

Markazimizda darslar har bir fan bo’yicha haftada uch marta 2 soatdan olib boriladi. Mashg’ulotlar besh smenada olib boriladi va tinglovchilarga eng qulay va maqul vaqtlar belgilaymiz.

 

O‘quv markazida olib boriladigan darslar kuning quyidagi paytlariga to‘g‘ri keladi:

. 9:00 dan 11:00 gacha;

. 11:00 dan 13:00 gacha;

. 14:00 dan 16:00 gacha;

. 16:00 dan 18:00 gacha;

. 18:00 dan 20:00 gacha;




«REPETITOR-SERVIS»da CEFR(A1, A2, B1, B2, C1, C2) va IELTS imtihonlariga ham tayyorgarlik ko’rish imkoniyatiga egasiz. Yurtimizda xorijiy tillarga e’tibor yanada oshirilishi natijasida CEFR bo’yicha sertifikat olib, yurtimiz oliy o’quv yurtlariga xorijiy tildan eng yuqori ball olish imkoniyati, IELTS bo’yicha sertifikat olib esa yurtimiz va xorijdagi xalqaro oliygohlarga kirishingizni ta’minlaydi. Markazimizda CEFR va IELTS darslari haftada uch kun ikki soatdan olib boriladi, bundan tashqari Siz uchun BEPUL SPEAKING, READING, WRITING CLUBlar tashkil qilingan.

Mahoratimiz

  • Ta'lim berish 100%
  • Sifat 100%
  • Aniqlik 100%
  • Natija 100%
  • Xizmat ko'rsatish 100%
  • Javobgarlik 100%

Bizning Manzil

1-manzil:
Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov(sobiq Bodomzor yo'li) ko'chasi 1A-uy
Mo'ljal:Gidrometrologiya(Gidrometsentr) chorrahasi "Minor" metro bekati Avtobus(2,38,88,89) Mikroavtobus(95) Marshut(74,91)
2-manzil:
Sergeli-3, Obihayot ko'chasi 3-uy
Mo'ljal: Sergeli Yarmarka bekati, Moliya bo'limi, Xalq qabulxonasi Avtobus(40,47,48,58,86,131);Mikroavtobus(59,62,75,105,112,126,130,132) Marshut(25,25A,26)
Mobile : +99894 609 98 68
Telephone
: +99890 989 84 47
FAX
: +99890 989 84 47
E-mail
: RepetitorServis@mail.ru
 ©  2017 Repetitor-servis. Barcha huquqlar himoyalangan.
Back to top